Akademiyada ziyorat turizmi gid-tarjimonlari uchun “Ziyoratgohlar – ruhiy quvvat manbai” deb nomlangan qisqa muddatli kurs tashkil etildi
Ma’lumki, O‘zbekiston sayyohlikning muhim segmenti bo‘lgan ziyorat turizmi uchun qulay manzil hisoblanadi. Xususan, yurtimizda yashab ijod qilgan islom olamida mashhur ko‘plab ulamolar nomi bilan bog‘liq ziyoratgohlar, shuningdek, boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar uchun ham aziz bo‘lgan tarixiy qadamjolar mavjud. Islom dunyosining eng qimmatbaho Qur’oni karim qo‘lyozma namunalaridan biri – Usmon mus'hafi saqlanuvchi Hazrati Imom majmuasi, buyuk muhaddislar Imom Buxoriy va Imom Termiziy ziyoratgohlari, Naqshbandiya tariqati namoyandalari maqbaralari va va shu kabi ko‘plab boshqa diniy markazlar ziyorat maqsadidagi sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda.
Turli diniy markazlar va muqaddas joylarni ko‘rish, muayyan ibodat talablarini bajarish, diniy manbalarni o‘rganish maqsadida tashrif buyuruvchi sayyohlarga xizmat ko‘rsatish mutasaddilar oldida soha mutaxassislarini tayyorlash va muntazam malakasini oshirib borishdek mas’uliyatli vazifalarni ustuvor qilib qo‘yadi.
Xuddi shu muhim vazifalarni bajarishga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ham salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. Xususan, Akademiyada ziyorat turizmi gid-tarjimonlari uchun soha yetakchi mutaxassislari ishtirokida qisqa muddatli kurslar tashkil etildi.
Mazkur kurslar gid-tarjimonlarning amaliy ko‘nikmalari va mutaxassislik mahoratini oshirishga qaratilgan bo‘lib, asosan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ziyoratgohlar – Hazrati Imom majmuasi, “Suzuk ota” hamda “Zangi ota” majmualarida sayyor mashg‘ulotlar tarzida tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar yuqori salohiyat va ko‘p yillik amaliy tajribaga ega professor-o‘qituvchilar, sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan olib borildi. Kursning maqsadi ziyorat turizmi gid-tarjimonlarining ziyorat turizmini tashkil etish, ziyorat obyektlari haqidagi ma’lumotlarni tekshirish va ularni qulay tarzda taqdim etish, turli din vakillari bilan yaxshi muloqot o‘rnatish va ziyoratchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish, ziyorat odoblarini mijozlarga tushuntirish bo‘yicha bilimlar berish va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish