Milliy vа mа’nаviy qаdriyatlаrning yuksаlishidа аyollаrning o‘rni
Asrlar davomida ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos fazilat bo‘lib kelgan. Shu ma’noda so‘nggi yillarda yurtimizda gender tenglik, xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini ta’minlash masalasida juda katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar “Hech bir ayol davlat va jamiyat e’tiboridan chetda qolmaydi” degan qat’iy tamoyil asosida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida olib borilayotir.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Milliy vа mа’nаviy qаdriyatlаrning yuksаlishidа аyollаrning o‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mumtoz sharq filologiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Respublika Targ‘ibot guruhi rahbari Dilbar G‘ulomova kirish so‘zi bilan ochib berdilar.
Akademiya rektori o‘z nutqida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida belgilanganini e’tirof etdi.
Anjumanda Akademiya professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, ekspert-olimlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zFА Tarix instituti bo‘lim boshlig‘i, PhD Mashhura Darmonova, O‘zFA Tarix instituti yetakchi ilmiy xodimi Nigora Rahimjonova, O‘zFA Tarix instituti katta ilmiy xodimi Anora Tog‘ayeva, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori Matluba Qahhorova hamda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Aziza Turg‘unova mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar.
Uchrashuvda “O‘zbekiston tarixi va tarixshunosligi fanining yirik darg‘alaridan”, “Jаmiyat mа’nаviy muhitidа onаlаr burchi vа mаs’uliyatining funksionаllаshuvi”, “Qozilik hujjatlarida ayollar masalasi talqini (XIX asr oxiri - XX asr boshlari)”, “Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston SSRda ayollar hayoti mehnati xususida” hamda “G‘аrb vа shаrq mаmlаkаtlаri tаrаqqiyotidа gender tenglikning ijtimoiy mаsаlаlаri” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Anjumanda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni e’tirof etishdi.
Qizg‘in muhokamalar, savol-javoblar tarzida o‘tgan anjuman ishtirokchilarda katta taaasurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Izoh qoldirish