110

Akademiya vakillari targ‘ibot tadbirlarida qatnashmoqda

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari yurtimiz boʻylab respublikada ijtimoiy-maʼnaviy muhim barqarorligini taʼminlash va diniy vaziyatni yanada sogʻlomlashtirish boʻyicha turli targʻibot tadbirlarida faol ishtirok etmoqdalar.

Uchrashuvlarda soha mutaxassislari tomonidan “Islom – maʼrifat dini”, “Ilmdan boshqa najot yoʻq”, “Maʼrifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” kabi mavzularda maʼruzalar tinglanmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati Yozyovon tuman hokimligi, Surxondaryo viloyati Termiz davlat pedagogika instituti hamda Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumida “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori Ilhom Bekmirzayev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti Zokir Sodiqov, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Shuhrat Rajabov tomonidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Bu kabi tadbirlarda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, loqayd va beparvolikka berilmaslik boʻyicha tushunchalar berilib, oʻsib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik, yoshlarni diniy ekstremizm, terrorizm, radikalizm kabi salbiy illatlardan ogohlantirish va asrash muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlanmoqda.

Uchrashuvlarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz asosida vatanparvarlik, fidoyilik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash hamda aholini, ayniqsa, yoshlarni diniy mutaassiblik, turli yot g‘oyalar tahdidlaridan himoyalanish yo‘llari haqida ma’ruzalar qilindi va “Tinchlik qadri” nomli videofilm namoyish etildi.

Davra suhbati davomida “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida maʼruzalar tinglandi.

Tadbir yakunida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati va diniylik va dunyoviylik uygʻunligi borasida tanishtiruv taqdimoti oʻtkazildi.

Izoh qoldirish