59

Talabalar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Choy barchamizning sevimli ichimligimiz bo‘lib, tarixi uzoq ming yilliklarga borib taqaladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi butun dunyoda choyning uzoq tarixi, chuqur madaniy va iqtisodiy ahamiyatini e’tirof etib, xalqaro choy kunini nishonlashni taklif etgan.

Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro choy kuni” hamda “Atlas va adras sayli”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida talabalar tomonidan choyning inson organizmiga foydali jihatlari, choy turlari, shifobaxsh xususiyatlari haqida ma’lumot berildi. 

Xalqimiz uchun sevimli bo‘lgan “Suyunchi” filmidagi Anzirat buvining sovchilikka borgandagi choy epizodi talabalar tomonidan ijro etildi.

Shuningdek, talaba-qizlar milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan atlas-adras liboslar haqida ma’lumot berishdi. 

Tadbir tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish