91

Talabalar o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazildi

Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishni tizimli yoʻlga qoʻyish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni zararli odatlardan asrash borasidagi ishlar yangi va qizgʻin bosqichga chiqqan desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Oʻz navbatida aholini ommaviy sport mashgʻulotlari bilan shugʻullanishlari uchun qulay va zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, yoshlarni sportga qiziqtirish, ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan maqsadli va manzilli ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda bugun Akademiya sport zalida sport bellashuvlari oʻtkazildi. 

Musobaqalar shaxmat-shashka, stol tennisi, arqonda sakrash, turnikda tortilish, qo‘l yordamida yotib-turish, tosh ko‘tarish, trenajor mashqlar boʻyicha oʻtkazildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish