113

Hadis ilmi maktabiga yangi rektor tayinlandi

Hadis ilmi maktabi pedagoglar jamoasining navbatdan tashqari majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, Diniy idora va Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi masʼul xodimlari Akbar Doʻstmatov, Elyor Alimqulov, shuningdek, soha mutaxassislari, oʻqituvchi-murabbiylar ishtirok etdi.

Yigʻilishda tashkiliy masalalar koʻrildi. Unga koʻra, Hadis ilmi maktabi rektori Olimxon Yusupov boshqa ishga oʻtganligi sababli, uning oʻrniga Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro aloqalar va ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlim boshligʻi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Barot Amonov tayinlangani maʼlum qilindi.

Yigʻilish davomida mutasaddilar Hadis ilmi maktabi yangi rektori va pedagoglar jamoasi oldida turgan muhim vazifalar toʻgʻrisida soʻz yuritdi. 

Maʼlumot oʻrnida, Barot Amonov Xoja Buxoriy oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi, Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida taʼlim olgan. Mehnat faoliyati davomida Samarqand davlat chet tillari instituti oʻqituvchisi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida turli masʼul vazifalarda koʻp yillar ishlagan. Ilmiy faoliyati davomida Misr, BAA, Oʻmon, Malaziya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi davlatlarda ilmiy safarlarda boʻlib, bir qancha xalqaro anjumanlarda ishtirok etgan. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish