105

Akademiya vakili targ‘ibot tadbirlarida ma’ruza qildi

Muqaddas islom dini odob-axloq, mehr-muhabbat va insonparvarlikdek go‘zal g‘oyalarni targ‘ib etadi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida dunyoda sodir bo‘layotgan turli taloto‘plar, nizolar, g‘oyaviy xurujlar esa har daqiqa ogohlikka undaydi. 

Buning oldini olish maqsadida joylarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani Madaniyat saroyida ijtimoiy-maʼnaviy muhit sogʻlomligini taʼminlash maqsadida “Islom – maʼrifat dini” "Shukronalik tuyg‘usi”, “Maʼrifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” mavzularida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda Islomshunoslik fakulteti dekan o‘rinbosari Suxrob Xidirov ma’ruza qildi.

Davra suhbatida ma’ruzachi tomonidan yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, loqayd va beparvolikka berilmaslik bo‘yicha tushunchalar berilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik, yoshlarni diniy ekstremizm, terrorizm, radikalizm kabi salbiy illatlardan ogohlantirish va asrash muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. 

Izoh qoldirish