11

Odob-axloq – inson ziynati

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining 2-kurs talabalariga Akademiyaning “Odob-axloq kodeksi” yana bir bora tushuntirildi.

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov, fakultet dekani o‘rinbosari Otabek Rasulov hamda talabalar ishtirok etdilar.

Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar tomonidan oliy ta’lim muassasasidagi odob-axloq qoidalari, ichki tartib-intizom haqida so‘z yuritildi. Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari, majburiyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o‘tildi. 

Shu bilan birga, bugungi kunda Akademiyada olib borilayotgan ta’lim tizimi va o‘quv jarayonlari, talaba-yoshlar sifatli bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida atroflicha so‘z bordi.

Suhbat davomida mas’ullar tomonidan talabalarga yaxshi ta’lim berish bilan cheklanib qolinmay, ularning tarbiyasi, xulqi-odobi boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerakligi, bu borada Akademiya va ota-ona hamkorligi yo‘lga qo‘yilishi kerakligi alohida ta’kidlandi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish