10

Bitiruvchi talabalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalar amaliyotini tashkil etish va bitiruvchi talabalarni kadrlarning asosiy iste’molchilari bo‘lgan korxona va tashkilotlardagi mavjud ish o‘rinlari bilan tanishtirish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Diniy-ma’rifiy tashkilotlar va ilmiy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Muhammadodil Inomjonov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz To‘rayeva, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Mahfuza Alimova hamda talabalar ishtirok etdilar. 

Uchrashuvda talabalarni korxona va tashkilotlarga ishga joylashishlarining tartib-qoidalari haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bosh mutaxassisi Muhammadodil Inomjonov Qo‘mita faoliyati va bo‘lajak kadrlardan talab etiladigan jihatlar haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish