48

Kreativ iqtisodiyot: istiqbol va muammolar

SUHBAT

“Jadid” gazetasining bugungi sonida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Nurislom To‘xliyevning suhbati chop etildi. 

– Hurmatli Nurislom aka, xabaringiz bor, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining 22-dekabr kuni boʻlib oʻtgan kengaytirilgan yigʻilishida davlatimiz rahbari tomonidan xalqimizning birdamligi, erkinligi va farovonligini taʼminlashga qaratilgan qator ezgu tashabbuslar ilgari surildi. Jumladan, joriy yilda Toshkentda jahon kreativ iqtisodiyotiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazish nazarda tutilgan. Kreativ iqtisodiyot nisbatan yangi yoʻnalish boʻlib, uning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka hali u qadar tushunarli emas. Shunga koʻra, dastavval oʻquvchilarimizni kreativ iqtisodiyotning “tarjimai holi”dan boxabar qilsangiz.

– “Soʻzdan soʻzning farqi bor, oʻttiz ikki narxi bor”, deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, avvalboshda bu tushunchaning maʼno-mazmunini anglab olganimiz maʼqul. Kreativ (kreativlik) lotincha “creatio” soʻzidan olingan boʻlib, ijod, ijod qilish maʼnosini anglatadi. Kengroq maʼnoda u kishining standart gʻoyalar, anʼanaviy qoidayu qoliplardan chiqish qobiliyatini bildiradi. Sirasi, u ilgʻor fikr va yondashuvni, originallikni taqozo qiladi.

Suhbatning davomini o‘qish uchun matn ustiga bosing

Olimjon Davlatov suhbatlashdi.

Manba: “Jadid” gazetasi 2024-yil 5-aprel, 15-son

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish