21

Sharq madaniyati tarixini o‘rganish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash usullari

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ilmiy tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha “Master class – mahorat darsi” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur davra suhbatlarida ilm yo‘lida sharafli mehnat qilayotgan, o‘z sohasining yetuk bilimdonlari Akademiya tadqiqotchilari, doktorantlar va magistrlar uchun o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘rtoqlashmoqda.

Bugun Akademiyada ana shunday tadbirlardan biri Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, filologiya fanlari nomzodi, professor Gulchehra Rixsiyeva ishtirokida tashkil etildi. 

Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Saidakbar Agzamxo‘jayev, Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Donoxon Qalandarova, professor-o‘qituvchilar, doktorant va magistrlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvni Akademiya rektori kirish so‘zi bilan ochib berarkan, yosh tadqiqotchilar uchun bu kabi ilmiy tadbirlar foydali bo‘lishini ta’kidladi. 

Shundan so‘ng “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Saidakbar Agzamxo‘jayev Gulchehra Rixsiyeva haqida ma’lumot berdi.

Mahorat darsida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva “Sharq madaniyati tarixini o‘rganish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash usullari” mavzusida ma’ruza qildi. 

Ma’ruzachi tomonidan Sharq azaldan boy tarixiy, ilmiy, moddiy-ma’naviy merosga egaligi, islom tarixi va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shganini e’tirof etdi. 

Bugungi kunda mutafakkirlarning ulkan ilmiy va diniy merosini o‘rganish, ular yozgan ilmiy asarlarini tadqiq etish, tadqiqotchilar o‘rtasida keng targ‘ib qilish muhimligini ta’kidladi.

Bu borada yosh olimlar o‘z ilmiy tadqiqotlarida manbalar bilan ishlash, tahlil qilish mahoratini oshirib borishi kerakligini qayd etdi. Bu kabi davra suhbatlarini muntazam tarzda o‘tkazib borish kerakligi qayd etildi. 

Yakunda mas’ullar tomonidan o‘zaro hamkorlikda turli anjuman, konferensiyalar o‘tkazish, talaba-yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga yanada kengroq jalb etish maqsadida bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borish ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish