126

Akademiya talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga muvofiq, davlat organlari rahbarlari va yoshlarning toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq muloqotini yoʻlga qoʻyish maqsadida deputatlar, rahbarlar, tadbirkorlarning yoshlar bilan uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda. 

Shu maqsadda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti “Dinshunoslik” yoʻnalishi 3-bosqich talabalari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda talaba yoshlarga quyi palata, siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda qoʻmitalar ish faoliyati, qonunlarni qabul qilish jarayoni haqida soʻzlab berildi. 

Xususan, qonun loyihalarini ishlab chiqish, ularni dastlabki tarzda koʻrib chiqish, birinchi va ikkinchi oʻqishga tayyorlash, yalpi majlis muhokamalariga kiritish bilan bogʻliq muhim masalalar yuzasidan atroflicha maʼlumot berildi. 

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov hamda deputatlar talaba yoshlar bilan uchrashuvlarida Prezidentimiz tashabbusi bilan barcha sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi, mamlakatimiz tarixida birinchi marta umumxalq referendumi orqali, yaʼni bevosita xalqimiz tomonidan qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berdi.

Izoh qoldirish