Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom kelajak asosi
Inson salomatligini asrash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr ko‘rishning garovi sog‘lom turmush tarzi ekani bugun barchaga ayon haqiqat. Zero, har bir kishi sog‘lig‘i haqida, eng avvalo, o‘zi qayg‘urishi kerak.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom kelajak asosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda “ZAYTUN MED-TIB” MCHJ rahbari, kardiolog shifokor Alijon Sattorov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Akademiya prorektorlari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirni Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, salomatlik inson uchun muhim ne’mat ekani, ammo bunga har doim ham amal qilavermasligimizni qayd etdi. Bu borada bu kabi tadbirlarda soha mutaxassislari tomonidan o‘qituvchi-xodimlar, talabalarga kerakli bilim va ko‘nikmalar berilishi barcha uchun manfaatli bo‘lishini ta’kidladi.
Davra suhbatida mutaxassis Alijon Sattorov tomonidan sogʻlom turmush tarziga amal qilishda eng avvalo, inson kun tartibiga rioya etish, faol harakat asosida organizmini chiniqtirish, jismoniy mashqlar shugʻullanish, to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga amal qilish haqida so‘z yuritdi. Inson salomatligi haqida, avvalo, o‘zi qayg‘urishi kerakligi, birinchi shifokor, tabib o‘zi bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.
Ma’ruzachi tomonidan Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot, xalq tabobati, dorishunoslik rivojidagi o‘rni, sog‘lom turmush tarziga oid qarashlari, “Tib qonunlari” asarida salomatligimiz uchun muhim ma’lumotlar bitilgani alohida e’tirof etildi. “Tib qonunlari” inson salomatligini ta’minlashda nodir manba ekani ta’kidlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish