37

Talabalar uchun dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi katta oʻqituvchisi Saidafzal Saidjalolov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tyutorlari Zilola Nabiyeva va Javohir Sobirov tomonidan “Filologiya” va “Matnshunoslik” yoʻnalishi talabalari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Axborot va murabbiylik soati doirasidagi davra suhbati “Internetda radikalizm va ekstremizm gʻoyalari targʻibotidan ehtiyot boʻling” mavzusiga bag‘ishlandi. 

Tadbir davomida talabalarga ijtimoiy tarmoqlardaga radikalizm va ekstremizm gʻoyalaridan ehtiyot boʻlish, har qanday maʼlumotlarni manbasiga ahamiyat berish va diniy mazmundagi maʼlumotlarni faqat rasmiy kanallar orqali olish boʻyicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi. 

Talaba yoshlar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish