131

Ehtiyojmand yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, 2023-yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Shayxontohur va Olmazor tumanlarida yashovchi 50 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj yosh biriktirilgan edi.

Ushbu yoshlar prorektorlar, dekanlar va kafedra mudirlari o‘rtasida taqsimot qilinib, ularning shart-sharoitlarini o‘rganish ishlari tashkil etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga biriktirilgan ehtiyojmand yoshlarda aniqlangan muammolarni o‘rganish, ularning holidan xabar olish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi bir guruh Akademiya vakillari poytaxtimizning bir qator xonadonlarida bo‘ldilar. Tashrif davomida ikki nafar yoshga murojaatlari bo‘yicha kompyuter jamlanmasi hamda printer taqdim etildi.

Izoh qoldirish