157

“Talabalar teatr studiyalari” tanlovi o‘tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamkorligida tashkil etilgan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining 2-hududiy bosqichi o‘tkazildi. 

Tanlovning mazkur bosqichida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Talabalar teatr studiyasi tomonidan Sirojiddin Salohiddinovning “Oqqushlar” asari namoyish etildi.

Asarda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari boʻlgan 7 nafar bolalarning taqdiri yoritib beriladi. Asar davomida bolalarning turfa taqdiri, ota-ona mehrisiz ulg‘ayish, dil kechinmalari hikoya qilinadi. Asar yakunida ushbu bolalar jamiyatning turli sohalarida yetuk mutaxassis sifatida xizmat koʻrsatayotganligi aks ettiriladi. 

Spektaklning asosiy maqsadi bugungi kundagi jamiyatimizda oilaviy nizolar, turli munosabatlar sabab begunoh bolalarning Mehribonlik uylariga topshirilishi, ularni ota-ona, aka-uka, opa-singil mehriga zor boʻlayotgani hamda davlatimizning ularga yaratgan shart-sharoitlari asosida jamiyatning yetuk kadrlari sifatida yetishib chiqayotganliklarini namoyish etishdan iborat.

Yakunda spektakl faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish