44

Bitiruvchilar talabalar hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bitiruvchi talabalar hamda hamkor tashkilot vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining Inson resurslarini rivojlantirish boʻlimi bosh mutaxassisi Ikrombek Raximov, ilmiy xodim Odiljon Nazarov, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Farhod Karimov, Marketing va talabalar amaliyoti boʼlimi boshligʻi Gulyuz Turayeva, bosh mutaxassis Sirojiddin Salaxov hamda talabalar ishtirok etdilar.

Davra suhbatida mehmonlar so‘zga chiqib, muassasa haqida ma’lumot berdilar.

Shu bilan birga, Akademiya vakillari ham oliy ta’lim dargohi, ilmiy faoliyati, bitiruvchi talabalar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritishdi. Talabalarning kelgusidagi rejalari tinglandi. 

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish