454

Talabalar turar joyida “Boburxonlik kechasi” tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Boburxonlik kechasi” tashkil etildi.

“Chet tillari” kafedrasi hamda “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” 1-kurs talabalari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda buyuk shoh va shoir Bobur ijodidan namunalar o‘qilib, hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlar berildi.  Qiziqarli viktorina va musiqiy o‘yinlar tashkil etildi. 

G‘oliblar sovg‘alar bilan taqdirlandi. Jumladan, “Qo‘shiqni toping” musiqali o‘yini talabalarda katta taassurot uyg‘otdi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
14
Yoshlar bilan ishlash
Bir guruh talabalar taqdirlandi
13:32
Apr
27

Izoh qoldirish