163

Akademiya rektori talabalar turar joyidagi yoshlar holidan xabar oldi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G'afurov talabalar sharoitini oʻrganish maqsadida talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Akademiya rektori talabalar turar joyida o‘g‘il-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, yoshlarning boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazayotganlarini koʻzdan kechirdi. 

Bugungi kunda Akademiya talabalar turar joyida 247 nafar talaba istiqomat qilmoqda. Muassasada barcha sharoitlarga ega yotoqxona, dars tayyorlash xonasi, “Maʼnaviyat xonasi”, oshxona, kir yuvish xonalari mavjud. Ular zarur buyumlar bilan taʼminlangan.

Shu bilan birga, talabalar turar joyida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli tashkil etish uchun sport, pazandalik, hunarmandchilik to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.

Talabalar bilan samimiy oʻtgan muloqotda yigit-qizlar yurtimizda yoshlarga qaratilgan eʼtibor, ularning iqtidorini namoyon etish uchun berilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Suhbat davomida mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash borasida talabalarning fikr-mulohazalari eshitilib, kerakli takliflar olindi.

– Siz kabi yoshlar ilmli, vatanparvar, oʻz sohasining professionallari boʻlishi uchun sifatli taʼlimni taʼminlash muhim vazifamiz, – dedi Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov. – Sizlardan bor kuchingizni bilim olishga, dunyoqarashi keng, eʻtiqodi sogʻlom, mutaxassis boʻlish va olgan bilimlaringizni oilangiz, xalqimiz farovonligiga safarbar etish talab etiladi.

Tashrif davomida Talabalar turar joyi mas’ullariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish