Alisher Navoiy shaxsidagi zamonaviy siyosatshunoslik
So‘z mulkining sultoni, balki yurt va xalq tashvishini chekkan, uning manfaatini o‘ylagan, doimo ezgulikni tarannum qilgan Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi yurtimizda katta tantana bilan kutib olinmoqda.
Shu maqsadda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “Alisher Navoiy shaxsidagi zamonaviy siyosatshunoslik” mavzusida ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tashkil etilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan bir qatorda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Alfraganus universiteti hamda Toshkent shahridagi Amiti universiteti talabalari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan hazrat Alisher Navoiyning yaratgan o‘chmas asarlari, ularning inson kamolotidagi ahamiyati hamda yurtimizda alloma shoir ijodini tadqiq etish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli tadqiqotlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Buyuk mutafakkir ijodining maftunkor qirralari, shoir she’riyatini o‘rganish va tadqiq etishdagi vazifalar xususida mulohazalar yuritishdi. Alisher Navoiy qoldirgan bebaho merosning bugun ham ilmiy jihatdan chuqur o‘rganilayotgani, yosh avlod ma’naviyatiga ahamiyati xususidagi dolzarb masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar yuritildi. Ishtirokchilar Alisher Navoiy ijodi o‘zbek tilining butun go‘zalligi, uning boyligi hamda nazokatini dunyoga ochib bergani, u qoldirgan meros jahonda hamon katta qiziqish uyg‘otayotganini qayd etishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish