140

Oʻquv adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazida “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi professor-oʻqituvchilarining darslik, monografiya, oʻquv, oʻquv-uslubiy adabiyotlari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tadbirni mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva ochib berdi. Tadbirda Akademiya Axborot-resurs markazi rahbari Mohinur Xasanova soʻzga chiqib, markazdagi oʻzbek, rus, arab, fors tillaridagi oʻquv adabiyotlarni talabalar tomonidan muntazam ravishda foydalanilayotgani, ularga har doimgidan koʻra katta talab mavjudligi haqida so‘z yuritdi.

Unda soʻzga chiqqan “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi mudiri Z.Oripova, kafedra dotsentlari N.Djumayeva, N.Sayidiraximova, F.Nizamova, N.Shoaliyeva, D.Sagʻdullayeva, katta oʻqituvchilar S.Djalalova, L.Azimova, oʻqituvchilar Z.Orifjanov, V.Myakotalar ham yangi chiqqan oʻquv darsliklari, oʻquv qoʻllanmalarining taqdimotini oʻtkazdilar.

Tadbirda Akademiya magistr va talabalari uchun oʻzbek, rus, fors, arab tillarida nashr qilingan kitoblar haqida, ularning ilmiy, amaliy ahamiyati, talabalarning intellektual bilimlarini chuqurlashtirishda, fanlar boʻyicha mustaqil taʼlim olishda qoʻllanilishi zarur boʻlgan kafedra professor-oʻqituvchilarining ilmiy izlanishlari, oʻquv, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalari haqida maʼlumotlar berildi. 

Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish