160

Sirtqi ta’lim shakli talabalari Toshkent shahridagi tarixiy majmualarda bo‘ldilar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Sirtqi ta’lim shakli talabalari Toshkent shahridagi Mo‘yi Muborak madrasasida bo‘ldilar.

Tashrif davomida madrasaning qimmatbaho boyligi kutubxonada saqlanayotgan eng bebaho qo‘lyozma yodgorlik – Usmon Qur’oni va uning yurtimizga kelib qolishi tarixi bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, talabalar bilan Toshkent shahrida joylashgan Hazrati imom (Hastimom) majmuasiga ham sayohat qilishdi.

Majmuaning tarixi bilan tanishish jarayonida talabalarga Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil ash-Qaffol Shoshiy, Baroqxon madrasasi, keyinroq Qaffol Shoshiy maqbarasi, XVI asr oxirlarida Suyunchxoʻjaxon va nomaʼlum maqbara, shuningdek, 1579-yilda Abdullaxon II mablag’iga qoʻsh uslubida Shayx Bobohoji maqbarasi qurilgani, ammo bu maqbara hozirgi kunga qadar saqlanib qolinmagani haqida ma’lumotlar berildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Jan
09
Yoshlar bilan ishlash
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz
19:54
Dec
23
Yoshlar bilan ishlash
Yangi nashr
19:01
Dec
23

Izoh qoldirish