Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti bilan memorandum imzolandi
Uchrashuvdan soʻng Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi va Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti rahbariyati ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Xalqaro qozoq-turk universiteti tomonidan rektor vakili Peyami Battal, prorektorlar Ainash Oshibayeva va Mustafo Nursoy ishtirok etdilar.
Mazkur rasmiy uchrashuvda tomonlar oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Universitet rektori vakili doktor Peyami Battal Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan har tomonlama hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.
Yakunda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi va Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumning amal qilish muddati 5 yilga moʻljallangan boʻlib, unda quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik qilish koʻzda tutilgan:
– dinshunoslik, ilohiyotshunoslik va islomshunoslik, shuningdek, din psixologiyasi sohasida hamkorlikda tadqiqotlar olib borish, maʼruza va seminarlar tashkil etish, qoʻshma taʼlim dasturlarini yaratish;
– masofaviy taʼlim sohasida tajriba almashish;
– rahbarlar, xodimlar, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar almashinuvi;
– hududda dinshunoslik, ilohiyotshunoslik, islomshunoslik va psixologik-pedagogik taʼlim dasturlari boʻyicha mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun grantlar olish boʻyicha qoʻshma arizalarni koʻrib chiqish;
– kelgusida tashkil etiladigan taʼlim sohasida konferensiyalar, simpoziumlar, koʻrgazmalar va yarmarkalar boʻyicha Tomonlarni xabardor qilish.
Ikki oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida imzolangan mazkur memorandum milliy va diniy qadriyatlarni mustahkamlash, buyuk ajdodlarimiz merosini tadqiq etish, dinlararo muloqot va diniy bagʻrikenglikni rivojlantirish, turizm salohiyatini oshirish, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini xalqaro miqyosda yangi bosqichga koʻtarilishini taʼminlaydi.
Ikki oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida imzolangan mazkur memorandum milliy va diniy qadriyatlarni mustahkamlash, buyuk ajdodlarimiz merosini tadqiq etish, dinlararo muloqot va diniy bagʻrikenglikni rivojlantirish, turizm salohiyatini oshirish, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini xalqaro miqyosda yangi bosqichga koʻtarilishini taʼminlaydi.
miy tadbir nihoyasida Akademiya va Universitet rahbariyati oʻrtasida esdalik sovgʻalari almashinildi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish