159

Akademiyada tayanch doktorant va maqsadli tayanch doktorantlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2024-yil uchun Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichiga qabul qilingan 1-kurs tayanch doktorant va maqsadli tayanch doktorantlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Mazkur muloqotda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov hamda Ilmiy bo‘lim xodimlari ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida ichki-tartib qoidalarga amal qilish, 3-yillik ilmiy faoliyat davrida amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xususan, “Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlarida faol bo‘lishga e’tibor qaratildi.

Izoh qoldirish