143

Talaba-qizlar pazandachilikda bellashishdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyida talaba-qizlar o‘rtasida pazandachilik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularda zarur hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan ustozlar bilan talabalar o‘rtasida erkin muloqot qilish uchun muhit yaratishdir.

Bellashuv jarayonida TTJda istiqomat qiluvchi qizlar turli shirinliklar pishirish, salat tayyorlash bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi.

Tadbirda qatnashgan professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, tarbiyachi-pedagoglar ham talaba-qizlar bilan birgalikda tansiq taomlar tayyorlab, dasturxon bezatishdi.

Izoh qoldirish