159

Talabalar o‘rtasida intellektual tanlov o‘tkazildi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Falsafa bilimdoni” intellektual tanlovi bo‘lib o‘tdi.

“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Yosh faylasuflar” ilmiy-amaliy to‘garagi a’zolari o‘rtasida tashkil etilgan tanlovda talabalar bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad – talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda falsafa fanidan olgan saboqlarini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. 

Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish