73

Vatan himoyasi – tinchlik va farovonlik kafolati

“Bugungi kunda har birimiz amalda vatan himoyachisi boʻlishimiz, yoshlarimizni ham shu ruhda kamol toptirishimiz zarur”

Shavkat Mirziyoyev, 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Vatanparvarlik – Vatanga nisbatan sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrashga undaydigan ijtimoiy, maʼnaviy-axloqiy fazilat.

Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz mudofaa qudratini yanada mustahkamlash, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar bermoqda.

Zero, tinch-osuda Vatanimizda hech kimdan kam boʻlmagan navqiron avlod istiqboli yoʻlida yaratilayotgan bunday keng sharoit va imkoniyatlar yoshlarimiz erishayotgan yutuqlarni mustahkamlab, mamlakatimizning dunyo hamjamiyatidagi mavqeyini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Muqaddas islom dinida tinchlik Alloh taolo tomonidan butun insoniyatga inʼom etilgan ulugʻ neʼmat sifatida qadrlanadi. Qurʼoni karimda tinchlikni saqlash va qadrlash vazifasi inson zimmasiga yuklanadi. Alloh taolo oʻzining kalomida tinchlikka targʻib qilish lozimligini taʼkidlab, shunday deydi:

“Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!” (Baqara surasi, 208-oyat).

Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam “Tinchlik va xotirjamlik ikki ulugʻ neʼmatdurki, bundan koʻp odamlar mahrumdirlar”, (Imom Buxoriy) degan hadislarini eslagan holda, bugungi kunda yurtimizdagi tinch-osoyishta hayot qator mamlakatlarning xalqlari uchun orzu boʻlib qolmoqda.

Darhaqiqat, tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, oqibatda, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish roʻy beradi. Odamlarning oʻzaro bir-birlariga boʻlgan ishonch va sadoqatlari, mehr va muruvvatlarining samimiy boʻlishi ham asosan xotirjamlikka bogʻliqdir. 

Xalqaro maydonda mafkuraviy, gʻoyaviy, informatsion kurashlar kuchayib borayotgan murakkab tahlikali bir davrda tinchlik uchun kurashish, Vatan erki hamda obroʻsi uchun gʻoyaviy hujumlarga qarshi egallagan mustahkam bilmi bilan mudofaada turish yoshlarimizni har qachongidan ham Vatan oldidagi yuksak burchi boʻlmogʻi kerak.

Umidjon Xodjayev,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tyutori

Izoh qoldirish