167

Talabalar uchun amaliy binar dars tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oʻzbekiston Respublikasida diplomatik xizmatning rivojlanish bosqichlari” mavzusida amaliy binar dars tashkil etildi.

Mazkur dars “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi Bektosh Berdiyev hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti, professional va amaliyotchi diplomat Adham Rasulov ishtirokida “Xalqaro munosabatlar” yoʻnalishi talabalari uchun o‘tkazildi.

“Xalqaro munosabatlar” yoʻnalishi talabalari uchun bugungi kun diplomatiyasi va uning yoʻnalishlarini, rivojlanish bosqichlarini, diplomatik protokol va etiket qoidalarini chuqur oʻrganish nihoyatda muhim. Zero, boʻlajak diplomatlarning asosiy bilimlari – ularning asosiy “quroli” ekanligi hech kimga sir emas. 

Mazkur darsda ma’ruzachi tomonidan talabalarni diplomatiya sohasidagi zamonaviy bilimlar bilan qurollantirishga, sohaning nozik sirlarini anglashlari uchun nazariy va amaliy bilimlar berishga alohida eʼtibor qaratildi. 

Mashgʻulotda  diplomatik prtokolning milliy va xalqaro jihatlari, etiket qoidalari va Oʻzbekiston diplomatiyasining oʻziga xos xususiyatlari borasidagi maʼlumotlar berildi.

Dars davomida talabalar tomonidan professional diplomat uchun kerak boʻladigan bilimlar va koʻnikmalar toʻgʻrisida savollar bilan murojaat qilishdi.

Izoh qoldirish