392

Hushyorlik va ogohlik davr talabi!

Ayni paytda yurtimizda pandemik vaziyat barqaror bo‘lsa-da, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish har bir tashkilot, fuqaroning burchi sanaladi. Shu maqsadda barcha tashkilot va idoralar tomonidan tizimli ravishda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti tomonidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet dekani Ilyos Mirziyotov, Akademiya Mehnat muhofazasi va yong‘inga qarshi bo‘lim mutaxassisi Azimjon Otajonov, Tibbiyot bo‘limi hamshirasi Nigina Botirova hamda fakultet talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarga bugungi kunda yurtimizdagi mavjud pandemik vaziyat, koronavirusning yangi shtammi, u keltirayotgan salbiy asoratlar haqida ma’lumot berildi. Mamlakatimizda tojsimon virusning tarqalishi kam kuzatilayotgan bo‘lsa-da, ammo bu xotirjamlikni yo‘qotishga sabab bo‘lmasligi qayd etildi. Buning uchun esa aholi, xususan, talabalar Akademiya va jamoat joylarida sanitariya-epidemiologiya qoidalariga amal qilishlari kerakligi to‘g‘risida so‘z bordi.

Shuningdek, davra suhbati davomida talabalarga mehnat muhofazasi qoidalari, yong‘in xavfsizligiga rioya qilish, asbob-uskunalarni doimo soz holatda tutish, turli ehtiyot choralarini qo‘llashlari kerakligi to‘g‘risida fikr yuritildi. Talabalarga yong‘in xavfsizligini ta’minlashda barcha mas’ul ekani, “tilsiz yov”ga qarshi kurashning qonun-qoidalari tushuntirildi. Zero, barqarorlikni saqlab qolish nafaqat soha xodimlari, balki har bir fuqaroning burchi sanaladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish