Hamkorlikda binar dars o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Dilafruz Karimova hamda Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Gulnora G‘aniyeva hamkorligida binar dars tashkil etildi.
“Qiyosiy huquqshunoslik” fanidan “Hozirgi zamon qiyosiy huquqshunoslik rivoji” mavzusidagi binar darsda “Islom huquqi” mutaxassisligi magistrantlari ishtirok etdi.
Binar mashg‘uloti vaqt hajmiga ko‘ra professor o‘qituvchilar o‘rtasida teng taqsimlangan xolda, auditoriyada ishtirok etayotgan talabalarni faollashtirish orqali amalga oshirildi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari va interfaol usullardan samarali foydalanildi.
Ma’ruza mavzusi bugungi kunda qiyosiy huquqshunoslik doirasida ilmiy tadqiqotlar rivojiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ma’ruzachilar tomonidan hozirgi zamon huquqiy tizimlarning xilma-xilligi, islom huquqi tizimining rivoji, huquqiy o‘zaro bog‘liqlik va davlatlar o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa sohalardagi aloqalarning rivojlanishi, jahon huquqiy xaritasida yangi mustaqil davlatlar milliy huquqiy tizimlarining vujudga kelishi masalalari yoritildi.
Dars davomida magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish barobarida, Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati, xususan, undagi ilmiy tadqiqot bo‘limi faoliyati, noyob manbalar haqida batafsil ma’lumotlar olishdi.
Ma’ruza davomida ma’ruzachilar tomonidan mavzu masalasiga doir keltirilgan ilmiy iqtiboslari va video material ko‘rgazmalari auditoriya tomonidan qizg‘in bahslar orqali mushohada qilindi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish