“Islom ma’rifati” talabalar gazetasi nashr etilmoqda
YANGI NASHR
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari “Islom ma’rifati” nomida oʻzlarining elektron gazetasini nashr etishni boshladi.
Ilgʻor fikr va gʻoyalar ilmiy-maʼrifiy davralardagi munozaralarda yaraladi. Zero, kichik bir tashabbusning quvvat olishi uchun oʻziga xos ragʻbat va qoʻshimcha koʻmak lozim boʻladi. Bunda esa ommaviy axborot vositalarining oʻrini va ahamiyati juda muhim. Binobarin, ilm-maʼrifat yoʻlida izlanayotgan yosh talabaning oʻrganayotgan bilimlaridan zavqlanib, yangi bir quvvat, oʻziga xos fikrga ega boʻlishi va uni tengdoshlariga yetkazish, hamfikr boʻlish ishtiyoqiga yoʻl ochish ulkan ilmiy kashfiyotlarga turtki berishi shubhasiz.
Shu maʼnoda, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurovning tashabbusi bilan yangidan nashr etilishni boshlagan talaba-yoshlarning “Islom ma’rifati” elektron gazetasi yangidan-yangi fikr, maʼnaviy-maʼrifiy suhbat hamda ilmiy bahs-munozaralar maydoni boʻlishiga umid qilamiz.
“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari koʻmagi hamda talaba-yoshlar bilan hamkorligida nashrga tayyorlanayotgan “Islom ma’rifati” elektron gazetasi barcha tolibi-ilmlarni hamkorlikka chorlaydi.
Shu oʻrinda “Islom ma’rifati” elektron gazetasi ijodkorlarining maqsadlari bitilgan Soʻzboshini eʼtiboringizga havola qilib, yoqimli mutolaa tilaymiz!
Assalom-u alaykum, hurmatli o‘quvchi!
Ma’rifat rivoji yo‘lida noshirlik faoliyatimizni yo‘lga qo‘yar ekanmiz, bu gazeta o‘tgan asrning boshida jadid bobolarimizning ne umidlar bilan tashkil etgan ilk matbuotdan kuch olishini chuqur his etmoqdamiz.
Shu o‘rinda ajib bir hikoya yodga keladi: Ibrohim alayhi salom gulxanga tashlanganlarida bir chumoli og‘zida suv olib kelib olovga sepgan ekan.
Alangani o‘chirish uchun mitti chumolining zarradekkina suvi nima ham bo‘lardi? Lekin shu mavjudot imkoni yetadigan ishdan qochmadi. Muhimi u harakat qildi.
Shoyadki, jadid ajdodlarimiz taraqqiyot yo‘lida qilgan ulug‘ xizmatlari qatorida bizning ham, chumolidek bo‘lsa-da, Vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shsak, tengdosh talabalar iqtidorlarini namoyon etsalar, ilg‘or fikrlar jamoatchilikka yetkazilsa, barcha yoshlarimiz ilm-ma’rifat ziyosidan bahramand bo‘lsa maqsadimizga erishgan bo‘lamiz.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish