166

Konstitutsiya – inson qadri kafolati

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekiston – inson huquqlari” umummilliy hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati” maxsus kurslari doirasida talabalar uchun dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Unda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari – Dilafro‘z Karimova hamda Shoira Avazova mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi.

Davra suhbatida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati ekanini ta’kidlandi.

Bundan tashqari, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilib kelayotgan mazkur hujjatni haqiqiy xalqchil hujjatga aylantirish ishlari izchil amalga oshiralayotgani qayd etildi.

O‘zaro savol-javob, samimiy tarzda o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlari uchun foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish