63

Malayziyada O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati targ‘ib qilindi

Malayziya milliy universiteti (UKM)dagi tashrif davomida Akademiya vakillari ma’ruza o‘qidi.

Jumladan, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Durbek Rahimdjanov “Movarounnahr buyuk allomalari” va “Oʻzbekistondagi qoʻlyozma fondlari” hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i Ilhom Berdiyorov esa “Oʻzbekistonning ziyorat turizmi salohiyati” mavzusida ma’ruza qildi.

Malayziya milliy universiteti (UKM) xalqaro QS reytingida 159-oʻrindagi ta'lim muassasasi hisoblanadi.

Ma’ruzachilar o‘z nutqlari davomida yurtimizning islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni, jahon tamadduni rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan movarounnahrlik buyuk allomalar, ularning fanning turli sohalariga oid asarlari haqida so‘z yuritishdi. Bugungi kunda yurtimizda ilm-ma’rifatga berilayotgan e’tibor, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Uchinchi Renessans davriga poydevor qo‘yilayotgani alohida ta’kidlandi.

Ma’ruzalar yakunida hamkor muassasa vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Xizmat safari davom etmoqda.

Izoh qoldirish