180

Talabalar uchun sayyor dars tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Laziza Alidjanova boshchiligida “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalariga Yevangel-lyuteran kirxasida sayyor dars tashkil etildi.

Ma’ruza mashg‘uloti “O‘zbekistondagi noislomiy konfessiyalar” fani doirasida “Nemis Yevangel-lyuteran cherkovi faoliyati” mavzusiga bag‘ishlandi.

Mashg‘ulot davomida konfessiya rahbari L.Shmidt tomonidan kirxa tarixi va faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi. 

Taqdimotdan so‘ng talabalarning savollariga batafsil javob berildi.

Izoh qoldirish