162

Navbatdagi binar dars tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Kriptografiya va kriptoanaliz usullari”  fani doirasida navbatdagi binar dars tashkil etildi.

Mazkur dars “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi professori X.Nigmatov tomonidan 3-kurs “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi talabalari uchun o‘tkazildi.

Binar darsda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK kiberxavfsizlik xodimi Baxtiyor Salimov o‘z amaliy ma’ruzasi bilan qatnashdi.

Binar dars fan doirasidagi “Axborot xavfsizligini ta’minlashning kriptografik usullari” mavzusida tashkil etildi. Ushbu darsda kriptografiya fanining kelib chiqish, uning asosiy masalalari, fanning matematik asoslari, bugungi kunga qadar yaratilgan shifrlash algoritmlaridan DES, AES, ГОСТ 28147-89, IDEA, FEAL, LOCI, Khufu, Blowfish, CAST to‘g‘risida keng ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, zamonaviy kriptografiyaning rivojlanish bosqichlari, kriptografiya tizimini kiberxujumlardan himoyalash usullari, elektron raqamli imzo (ERI) va kriptotahlil metodlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Izoh qoldirish