75

Hamkorlik aloqalari muhokama etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasi hamda Malaya universiteti Oʻquv va xalqaro masalalar boʻyicha prorektori, professor Yatimah Alias boshchiligidagi universitet mutasaddilari va Malayziya Oliy taʼlim vazirligi vakillari ishtirokida yana bir uchrashuv tashkil etildi.

Unda ikki tomon ham oʻz taʼlim muassasalari haqida batafsil maʼlumot berdilar. Xususan, Malaya universiteti faoliyati haqida gapirib, professor Yatimah Alias ikki oliy taʼlim muassasasining oʻxshash tomonlari koʻpligini qayd etdi. 

Jumladan, oʻzaro hamkorlikni Islomshunoslik akademiyasi, Tillar fakulteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti va Axborot texnologiyalari fakultetlari doirasida amalga oshirish mumkinligini bildirdi.

Amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida professor Yatimah Alias tomonlar oʻrtasida anglashuv memorandumini imzolash ahamiyati haqida toʻxtalib, akademiyaga memorandum loyihasi tez kunlarda koʻrib chiqish uchun taqdim etilishini qoʻshimcha qildi.

Xizmat safari davom etmoqda.

Izoh qoldirish