Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasi Malayziyada xizmat safarida boʻlib turibdi
Joriy yilning 3-11-dekabr kunlari Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom taraqqiyot banki hamkorligida Reverse Linkage dasturi orqali Malayziyaga tashrifi tashkil etilmoqda.
Mazkur xizmat safari orqali mamlakat oliygohlari bilan yaqindan tanishishga imkon berib, kelgusidagi samarali hamkorlik uchun muhim zamin yaratiladi.
Ushbu safar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni hamda 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Maʼlumot uchun aytish joizki, Reverse Linkage dasturi 2012-yildan boshlab amaliyotga kiritilgan dastur boʻlib, bu Islom taraqqiyot bankiga aʼzo mamlakatlar va aʼzo boʻlmagan davlatlardagi musulmon jamoalari oʻz salohiyatlarini rivojlantirish, rivojlanish uchun yechimlar ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning taraqqiy etish bilan bogʻliq resurslari va zamonaviy texnologiyalarini oʻrganish boʻyicha texnik hamkorlik dasturi vazifasini bajaradi.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov boshchiligidagi delegatsiya tashrif dasturiga koʻra, dunyoning nufuzli 300 talik ro‘yxatiga kiruvchi oliygohlaridan Malaya universiteti (UM), Malayziya milliy universiteti (UKM), shuningdek, Malayziya xalqaro islom universiteti (IIUM), Malayziya islomni anglash instituti (IKIM), Malayziya islom ilmlari universitetiga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Tashrif davomida Malayziya oliy taʼlim tizimida qoʻllanilayotgan zamonaviy uslub va metodikalar, OTMlarda ishlarning tashkil etilishi, oʻquv, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik yoʻnalishdagi boʻlimlar faoliyati bilan tanishish, shu bilan birga, xalqaro reytinglarga kirish tajribasi, bu borada amalga oshirgan ishlari hamda Ichki sifatni baholash (IQA) tizimining xususiyatlari oʻrganiladi. Web of Science va Scopus bazalaridagi jurnallarda hamkorlikda ilmiy ishlarni chop etish imkoniyatlari koʻrib chiqilishi koʻzda tutilgan.
Mazkur orttirilgan tajribalar natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosi taʼminlanadi.
Xizmat safari davom etmoqda.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish