187

Akademiya talabalari Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi muzeyida bo‘lishdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” yoʻnalishi 1-bosqich talabalari uchun Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.

Mazkur tadbir “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi katta oʻqituvchisi Lola Azimova tomonidan tashkil etildi.

“Ijod zavqi” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida muzey xodimi Hilola Ramazonova davriy tarzda suratlarda muhrlangan adiblar, shoir va maʼrifatparvar ijodkorlar faoliyati, adabiy merosi bilan tanishtirdi. 

Soʻngra Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining tashkiliy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, shoir Gʻayrat Majid soʻz olib, ijod olami, unda lirik obraz, soʻz sehri borasida fikrlarini bayon etib, oʻz ijodidan sheʼrlar oʻqidi. 

Tashrif yakunida muzeyning faxriy mehmonlar daftariga ezgu tilaklar yozib qoldirildi.

Izoh qoldirish