132

Magistrlar uchun sayyor dars tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2-bosqich “Matnshunoslik” guruhi magistrlari uchun sayyor dars tashkil etdi. 

Mazkur dars “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi professori Aftondil Erkinov tomonidan “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti kutubxonasida tashkil etildi. 

“G‘arb sharqshunosligi” fanidan o‘tkazilgan dars davomida magistlar qo‘lyozmalar bilan ishlash tartibi, manbalar bilan ishlashda nimalarga ahamiyat qaratish kerakligiga e’tibor qaratishdi.

Izoh qoldirish