218

Rossiya Federatsiyasi Musulmonlar diniy idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Akademiya talabalariga ma’ruza qildi

Rossiya Federatsiyasi Musulmonlar diniy idorasi raisining birinchi oʻrinbosari, Moskva islom instituti rektori, “Medina” nashriyoti uyi Bosh muharriri Damir Muxetdinov Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-oʻqituvchilari hamda talabalariga “Rossiyada islom tarixi: muammolar va istiqbollar” mavzusida maʼruza qildi.

Mazkur tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Zohidjon Islomov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev va Akademiyaning professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida Zohidjon Islomov mehmonni Akademiyada yana bir bor koʻrib turganligidan mamnunligini bildirib, Akademiya professor-oʻqituvchilariga Damir Muxetdinovni tanishtirdi hamda maʼruza qilishi uchun unga soʻz berdi.

Damir Muxetdinov oʻz nutqini Hijozda islom dinining paydo boʻlishi tarixidan boshladi, soʻngra Rossiyaga islom dinining kirib kelishi va tarqalishi tarixiga keng yondashdi. Shuningdek, Oltin Oʻrda haqida, Qurʼoni karimning rus tiliga tarjimalari, zamonaviy islom dinining hozirgi holati, soʻnggi yillarda turli millat va din vakillari oʻrtasida yaxshi qoʻshnichilik va doʻstona munosabatlarni oʻrnatishda musulmonlarning oʻrni haqida toʻxtaldi.

– 922-yil Volgaboʻyi davlatlari, xususan, Bolgariya davlatida islom dinini rasman qabul qilgan voqeaga alohida eʼtibor qaratdi. Bu Yevropada tarixda islom dinini qabul qilgan birinchi davlat edi, – dedi Damir Muxetdinov.

Professor Muxetdinovning tinglovchilarga VII asrdan boshlab turli davrlarga oid geografik xaritalar, masjidlar, musulmon sulolalari hukmdorlarining tangalari, rasmlari va boshqalarni oʻz taqdimoti orqali tinglovchilarga yetkazdi. Shu oʻrinda, D.Muxetdinov Oʻzbekiston qadimdan ilm-maʼrifat markazi boʻlib kelgani, islom sivilizatsiyasining rivojlanishida ushbu mamlakatda yashab oʻtgan buyuk shaxslarning oʻrni muhim boʻlganligini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida Damir Muxetdinovga Akademiya tomonidan sertifikat taqdim qilindi hamda delegatsiya aʼzolari koʻrsatilgan iltifot va yuqori darajadagi mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirishdi.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

Izoh qoldirish