165

Dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Dinshunoslik” yo‘nalishi 3-kurs talabalari uchun “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning amaliy ahamiyati to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi. 

Mazkur davra suhbati “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, s.f.n., PhD Qolqanov N.T hamda o‘qituvchi Mohira Jumaniyazova tomonidan tashkil etildi.

Davra suhbatida “vijdon erkinligi”, “diniy tashkilot”, “dunyoviylik”, “prozelitizm” kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati haqida ham ma'lumotlar berildi. 

Suhbat talabalar tomonidan berilgan savollar bilan yanada qizg'in davom etdi.

Izoh qoldirish