Axborot xavfsizligi sohasi bo‘yicha binar dars tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi talabalari uchun “Axborot xavfsizligini boshqarishga kirish” fani doirasida “Internet va Intranetda axborot xavfsizligini ta‘minlash” mavzusida Fido-Biznes kompaniyasining “Mijozlarga yo‘naltirilgan tizimlarni ishlab chiqish va rivojlantirish boshqarmasi” yetakchi mutaxassisi Muzaffar Alimov ishtirokida binar dars tashkil etildi.
Ma‘lumki, bugungi kunning asosiy trendi raqamli xavfsizlik, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlar himoyasini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish hisoblanadi. Chunki mijoz xizmatlarni taqdim etayotgan tashkilotga bormasdan olishni xohlaydi, ya’ni mijoz tobora ko‘proq onlayn xizmatlarni afzal ko‘rmoqda. Bu shuni anglatadiki, bank kabi raqamli xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot o‘zining va mijozning barcha maxfiy ma’lumotlarini himoya qilishi kerak.
Fido-Biznes kompaniyasi mana bir necha yildirki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlik olib bormoqda. Fido-Biznes kompaniyasining asosiy maqsadlaridan biri – respublikamizda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan. Xususan, axborot tizimlarning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va rivojlantirishda raqamli xavfsizlik va sun’iy intellektni qo‘llash hisoblanadi. Mazkur jarayonlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ham munosib ishtirok etmoqda.
Ushbu binar darsda Alimov Muzaffar kompaniya tomonidan Internet va Intranetda axborot xavfsizligini ta‘minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan talabalarni tanishtirib o‘tdi. Jumladan, Internet, Extranet, Intranet texnologiyalari mazmun mohiyati, bir-biridan farqi, mazkur texnologiyalarda axborotni himoyalash masalalari xaqida to‘xtalib o‘tdi. SHuningdek tarmoqlarda axborotlarni himoyalashda VPNlarning vazifalari, imkoniyatlari, himoyalash mexanizmining tuzilishlarini tushuntirib berdi.
Qizg‘in savol-javoblar tarzida o‘tgan mashg‘ulotda talabalar soha bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish