243

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Sharq ayollarining qadr-qimmati hamisha eʼzoz-u, eʼtirof etilgan. Biroq soʻnggi paytlarda xotin-qizlarga tazyiq oʻtkazish, zoʻravonlik qilish holatlari ham kuzatilmoqda.

Ayollarga nisbatan qilinayotgan zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, Shayxontohur tumani Ichki ishlar bo‘limi vakillari hamda talabalar ishtirok etdi. 

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan zoʻravonlik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda xotin-qizlarimizni haq-huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, gender tenglik, ayollar va erkaklar oʻrtasida teng huquqlar va imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Davra suhbati mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilib, ularning oiladagi o‘rnini mustahkamlashda huquqiy manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Jan
09
Yoshlar bilan ishlash
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz
19:54
Dec
23
Yoshlar bilan ishlash
Yangi nashr
19:01
Dec
23

Izoh qoldirish