
Tataristonda mahalliy tildagi birinchi onlayn madrasa ochildi
Tatariston Respublikasida e’lon qilingan ona tili va milliy birlik yili doirasida Tatariston Respublikasi musulmonlari diniy idorasi va unga bo‘ysunuvchi “Huzur” nashriyoti yangi loyiha – tatar tilidagi birinchi onlayn madrasani amalga oshirdi. Bu haqida islam-today.ru sayti xabar bermoqda.
Endilikda dunyoning turli burchaklaridagi tatar vatandoshlari o‘zlarining tatar tillarida islom asoslari to‘g‘risida bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, mazkur noyob ta’lim platformasi Tataristonda islom ta’limining birinchi bosqichini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi.
Onlayn madrasa https://medrese.tatar/ o‘quv platformasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Onlayn madrasaga IOS va Android smartfonlar uchun ishlab chiqilgan maxsus bepul mobil ilova orqali erishish mumkin. Ilova “Tatar madrasese”, deb nomlanadi. Uni Play Store hamda App Storeda bepul yuklab olish mumkin.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish