191

Talabalar ICTWEEK haftaligida qatnashishdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi 1-kurs talabalari ICTWEEK-2023 haftaligida qatnashishdi.

Haftalikning asosiy maqsadi — tajriba almashish uchun platforma yaratish va zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning soʻnggi yutuqlarini namoyish etishdan iborat. 

Mazkur tadbirda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Rahmonov hamda talabalar ICTWEEK-2023 haftaligi doirasidagi CAEx ko‘rgazmalar markazida bo‘lishdi.

Tashrif davomida talabalar CAEx ko‘rgazmalar markazidagi barcha stendlar bilan tanishish bilan birga kelajakda o‘z sohalari doirasida faoliyat olib borishlari bo‘yicha kelishuvlarga ham erishishdi.

Ko‘rgazmada talabalar o‘z sohalari bo‘yicha olib borilayotgan startup loyihalar bilan tanishish bilan birga ta’lim sohasida olib borilayotgan yangi o‘zgarishlar bilan ham tanishishdi. 

Izoh qoldirish