229

Talabalar uchun binar dars tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Raxmanov tomonidan “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun “Kompyuter kriminalistikasi” fani doirasida binar dars tashkil etildi. 

Binar darsda “CYBER-BRO” MCHJ xodimlari Sanjar Toshev va Malik Qurbonov ishtirok etdi. Dars davomida kiberxavfsizlik sohasida hozirgi vaqtda jarayonlar va kiberxavfsizlik xodimlariga bo‘lgan talab oshib borayotgani alohida aytib o‘tildi.

“CYBER-BRO” MCHJ xodimlari darsda kiberjinoyatlarini ochishda foydalanuvchi dasturiy ta’minotlarni tanishtirib va ulardan qanday foydalanish bo‘yicha amaliy misollar ko‘rsatib berishdi. 

Qizg‘in savol-javoblar tarzida o‘tgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Shuningdek, ushbu dars jarayoni sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar uchun video tasvirga olindi. 

“CYBER-BRO” MCHJ xodimlari bilan kelajakda bunday ishlarni davom ettirish hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Izoh qoldirish