242

Akademiyaning dasturlash bo‘yicha jamoalari “ICPC 2023” musobaqasininig respublika chorak final musobaqalarida ishtirok etdi

Yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalar jamoalari o‘rtasida IT Park boshchiligida dasturlash bo‘yicha “ICPC 2023” musobaqasininig respublika chorak final musobaqalari o‘tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etilgan musobaqada 70 ta OTM talabalar jamoasi ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 4 ta jamoasi  ishtirok etdi. 

Musobaqada Akademiyaning quyidagi jamoalari uchtadan masalani ishlashga muvaffaq bo‘lishdi:

–  International Islamic Academy of Uzbekistan: Team 7 (Ibrohimjon Juraboyev, Muhammadqodir Muhsinov, Azizbek Habibov) 

–  International Islamic Academy of Uzbekistan: IIAU Youngers (Ubaydullo Hamidov, Otabek Otabayev, Azizbek Qozoqjonov) 

Musobaqa tashkilotchilari reglamentiga ko‘ra 4 va undan ortiq masalalarni ishlagan jamoalar Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tadigan yarim final bosqichga o‘tishdi.

Bu musobaqa Akademiyaning yosh jamoalari uchun juda ham katta tajriba maktabini o‘tadi.

Keyingi musobaqalarda akademiya jamoalari yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan holda muvaffaqiyatga erishishlarini tilab qolamiz.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Jan
09
Yoshlar bilan ishlash
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz
19:54
Dec
23
Yoshlar bilan ishlash
Yangi nashr
19:01
Dec
23

Izoh qoldirish