360

Akademiya talabalari uchun dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Akademiya talabalari orasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi 

“Korrupsiyasiz oliygoh” loyihasi doirasida tashkil etilgan davra suhbatida Islomshunoslik fakultetida o‘qishni boshqa oliygohlardan Akademiyaga hamda ichki ta’lim yo‘nalishlarida ko‘chirgan talabalar ishtirok etishdi.  

Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Eshmatov ma’ruza qildi.

Suhbat davomida korrupsiyaga qarshi kurash yurtimizda dolzarb mavzuligicha qolayotgani ta’kidlandi. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi mamlakatda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilаyotgani taʼkidlandi. 

Davlatimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, poraxo’rlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qo‘yish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarurligi haqida so‘z yuritildi. Zero, rivojlanish va taraqqiyot yo’lini tanlagan mamlakatimiz yuksalishini korrupsiya ortga suradi.

Ma’ruzadan so’ng talabalar bilan kechgan ochiq suhbatda, talabalar o‘qishni ko‘chirish jarayonida korrupsion holatlarga duch kelishmaganini aytib o‘tishdi. Shuningdek, talaba-yoshlar o‘qish mobaynida xolislik va adolat prinsiplariga zid keladigan vaziyatlarga duch kelishsa, murojaat qilishlari aytildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish