218

Kreativ ta’lim va texnologiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi

So‘nggi yillarda yurtimizda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yaratish, ularni amaliyotga tatbiq etishga qaratilayotgan alohida e’tibor o‘z samarasini bermoqda.

Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Kreativ ta’lim va texnologiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida ko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazmani tashkillashtirishdan asosiy maqsad – texnologik loyihalar, texnik ishlanmalar yaratgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash, sohaga oid so‘nggi yangiliklardan boxabar qilishdan iborat.

Ko‘rgazmada Akademiya talabalari tomonidan turli sohalarga oid texnik loyihalar, ishlanmalar taqdim etildi. Ko‘rgazma qatnashchilarida mazkur ishlanmalar katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish