300

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga rektor tayinlandi

TAYINLOV

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, G‘afurov Uyg‘un To‘lqinovich O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

2021-yil 25-may kungi davlatimiz rahbarining maxsus topshirig‘i va tegishli qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Muzaffar Murodovich Komilov bir vaqtda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajarib keldi.

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida taʼlim va tarbiya jarayonini xalqaro andozalar asosida tashkil etish, o‘quv samaradorligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

G‘afurov Uyg‘un To‘lqinovich bundan avval Toshkent islom instituti rektori, shu kunga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). 

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Axborot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish